Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taekvondo. AQShda o‘tgan musobaqada O‘zbekiston vakili “Eng yaxshi sportchi” bo‘ldi
Joriy yilning 27-28 may kunlari AQShning Florida shtatida Taekvondo bo‘yicha V Florida xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Bu haqda mamlakat Taekvondo ITF Milliy Assotsiatsiyasi vakili “Kun.uz”ga xabar berdi.
Ushbu turnirda jahonning 15 davlati sportchilari ishtirok etishdi. O‘zbekiston vakillaridan 5-6 yoshli sportchilar o‘rtasida kechgan bahsda Abdug‘ofurov Dovudbek 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 7-8 yoshli sportchilar orasida esa Nigmanov Ibrohim “til” va “massogi” bahslarida 1-o‘rin sohibiga aylandi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Nigmanov Ibrohim mazkur musobaqada o‘z yoshidagi sportchilar orasida tengsiz deb topilib, “Eng yaxshi sportchi” medalini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
21:17 / 17.04.2026
O‘zbekistonning yosh taekvondochilari jahon chempionatida tarixiy natijani qayd etdi
19:34 / 13.04.2026
Taekvondochi Yosinbek Odilov yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
10:31 / 27.02.2026