Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mitsubishi Ukrainaga 600dan ortiq elektr yo‘ltanlamaslarni taqdim etdi
Foto: Test-drayv Mitsubishi Outlander PHEV
2017 yil may oxirida Yaponiyaning Mitsubishi Motors Corporation (MMC) kompaniyasi Ukraina milliy politsiyasiga 635 dona Outlander PHEV yo‘ltanlamaslarini taqdim etdi. Avtomobillarni taqdim etish marosimi Kiyevda bo‘lib o‘tdi. Ukraina tomonidan mamlakat bosh vaziri, MMS nomidan uning prezidenti va ijrochi direktori Osama Masuko qatnashgan. Bu haqda kompaniya matbuot xabarnomasida so‘z yuritilgan.
Ushbu avtomobillar Yaponiya kompaniyalarining Ukraina hukumati bilan zararli moddalarni chiqarilishiga kvotalar yuzasidan imzolangan kelishuv doirasida berildi. Ukraina hukumati Outlander PHEV yo‘ltanlamaslaridan politsiya xizmat mashinalari sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda.
2013 yili avtomobil bozorida Outlander PHEV paydo bo‘lganidan beri dunyo bo‘ylab 80 768 dona (2016 yakuniga ko‘ra) sotilgan. Bundan tashqari, u 4 yil mobaynida Yevropada eng ko‘p sotilgan elektromobil maqomini egallab keldi.
Mavzuga oid
09:02
AQSh va Ukraina: tinchlikka erishish to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyaga bog‘liq
02:36
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45 / 05.12.2025