Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi dovul rekord darajada bo‘ldi
Moskvada 29 mayda kuzatilgan dovul 1998 yilgi rekord darajadagi shamoldan kuchliroq bo‘ldi. Bu haqda Moskva meteobyurosi bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova ma'lum qildi.
"Moskvada 29 maydagi shamol tezligi 28-30 m/soniyaga yetgan. Bunday kuchli shamol 1998 yil iyunida kuzatilgan. O‘shanda Tushino stansiyasida qayd qilingan shamol tezligi 27 m/soniyani tashkil qilgan. Bugungi kungacha bu Moskva hududida qayd qilingan eng kuchli shamol edi", deb ta'kidlab o‘tdi mutaxassis.
Pozdnyakovaning ta'kidlashicha, faol atmosfera fronti Moskva bilan qo‘shni bo‘lgan Kaluga va Vladimir viloyatlariga o‘tmoqda. Mutaxassisning aytishicha, bu viloyatlarda ham ob-havo yomonlashadi. Pozdnyakovaning aytishicha, yaqin orada Moskvada dovul qaytarilmaydi.
"Moskvada shamol kuchli bo‘lib qoladi, 15-20 m/soniyalik shamollar kuzatilishi mumkin, biroq bu xavfsizroq shamoldir. Ertaga havo yaxshi bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatiladi, kuchli shamollar kutmayapmiz", deb aytdi Pozdnyakova.
29 may kuni Moskva shahri va Moskva viloyati soat 15:00larda faol atmosfera fronti hududida qolgan. Bu front dastlab kuchli shamol bilan, so‘ngra jala va ba'zi joylarda momaqaldiroq va do‘l bilan kechgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dovul oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 70 ga yaqin odam jarohat olgan.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026