Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukrainadagi vaziyatni yaxshilashga yordam bermaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiyaga tashrifi davomida Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishda hech qanday yordam bermasligini aytdi va fransuz OAVni jahon iqtisodiyotidagi turli cheklovlarning bekor qilinishi uchun kurashishga chaqirdi.
"Men savolingizning ikkinchi qismi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Siz "Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni normallashtirishga qanday qilib yordam beradi?" deb so‘radingiz. Javobim: hech qanaqasiga yordam bermaydi. Shu sababli men sizga va Fransiya OAV vakillariga murojaat qilmoqchiman: jahon iqtisodiyotida turli cheklovlarning bekor qilinishi uchun kurashing", deb aytdi Putin Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot-anjumanda.
Putin fransuz jurnalistiga minnatdorchilik bildirdi va "Turli cheklovlarning bekor qilinishi, erkin bozor, halol, siyosiy qarashlar va narx-navo instrumentlari aralashmagan erkin raqobatgina jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga yordam berishi mumkin, ishsizlikka qarshi kurash va fuqarolarimiz turmush darajasini oshirish kabi vazifalarni hal qilishda ko‘mak beradi", deb aytgan Putin.
Mavzuga oid
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026