Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan YeIga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti ortadi
Senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a'zo-davlatlar, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilik ta'sis etuvchi Sherikchilik va Hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga ikki tomonlama to‘qimachilik Shartnomasining amal muddati tugaganini hisobga olib, Bitim qoidalarini to‘qimachilik mahsulotlarining ikki tomonlama savdosiga kengroq ko‘lamda qo‘llash maqsadida Bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Bayonnomani (Toshkent, 2011 yil 7 aprel) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqlashdi.
Mazkur hujjat O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga import qilinadigan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va foydalanish bo‘yicha bojxona imtiyozlarini hamda solinadigan ichki soliqlar va boshqa yig‘imlarda o‘zaro qulay rejim asosida yengillik berish imkoniyatini yaratadi.
Bundan tashqari, to‘qimachilik mahsulotlari savdosida erkin savdo tamoyili hamda tranzit qilinishini ta'minlagan holda, ko‘plab cheklovlarning bekor bo‘lishini ta'minlaydi.
Yevropalik ekspertlarning fikricha, «To‘qimachilik protokoli»ning ma'qullanishi O‘zbekiston uchun Yevropa davlatlariga eksport hajmini oshirish borasida yangi istiqbollarni ochadi va bu, o‘z navbatida, mamlakatning jadal iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.
Yevroparlament O‘zbekiston bilan to‘qimachilik protokolini ratifikatsiya qildi
Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
19:25 / 14.11.2025