Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha Xalqaro Agentlik ustavini ratifikatsiya qildi
Foto: constructionreviewonline.com
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida «Qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha Xalqaro Agentlik ustavini (Bonn, 2009 yil 26 yanvar) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonuni ratifikatsiya qilindi.
Senatorlarning fikricha, ushbu hujjatning ratifikatsiya qilinishi mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yangi strategik bosqichga olib chiqadi, keng qamrovli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga, mamlakatining eksport salohiyatini kuchaytirishga, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga, to‘qimachilik mahsulotlari savdosini xalqaro ko‘lamda yangi bosqichga olib chiqishga, shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalarni va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha Xalqaro Agentlik ustavini 2009 yilning 22 iyunida imzolagandi.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda dunyoning 100dan ziyod mamlakati Xalqaro tiklanuvchi energiya agentligi a'zosi sanaladi. Agentlik ushbu davlatlarning energetik salohiyatini oshirish, tiklanuvchan energiya manbalari va texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashib kelmoqda.
IRENA o‘z faoliyatini barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida tiklanuvchi energiya resurslarining barcha turlarini ommalashtirishga, xususan, bioenergiya, gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni kengaytirish, energetik xavfsizlikni kuchaytirishga qaratgan. Agentlik, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish uchun ham asosiy platforma sanaladi.
Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
19:25 / 14.11.2025