Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Android yaratuvchisi o‘zining ilk smartfonini namoyish etdi
Android'ning asosiy ishlab chiqaruvchilaridan biri Endi Rubin The Verge nashriga o‘zining Essential kompaniyasining birinchi smartfonini namoyish qildi. Shuningdek u uy yordamchilariga mo‘ljallangan Ambient OS tizimi bilan tanishtirdi.
Essential Phone 2560X1312 pikselli 5,7 dyuymli ekran bilan ta'minlangan, u qurilmaning deyarli butun yuza panelini egallagan. Yuqori qismida frontal kamera uchun joy ajratilgan.
Qurilma Qualcomm 835 protsessori asosida ishlaydi. U 4 Gb operativ va 128 Gb flesh-xotiraga ega. Quloqchinlar ulanadigan 3,5 millimetrli o‘yma yo‘q, qorong‘uda olingan suratlarni yaxshilash imkonini beruvchi ikkilamchi kamera mavjud. Telefon korpusi zarar yetishidan himoyalanish maqsadida titan va sopoldan ishlangan.
Essential telefon bilan birga bir necha aksessuar ishlab chiqaradi. Magnit tayanchli va ma'lumotlarni simsiz yetkazish funksiyasiga ega 360 darajali kamera hamda zaryadlash uskunasi shular jumlasidindir. Ikki uskuna ham telefonning orqa qismiga mahkamlanadi.

Essential dastlab AQShda telefonlar sotuvini yo‘lga qo‘ymoqchi, ishlab chiqarishning aniq sanasi hozircha ma'lum qilinmagan. Essential Phone narxi - 699 dollar.
Yangi qurilmani savol berish, ekranga bosish yoki "nigoh" bilan faollashtirish mumkin.


Mavzuga oid
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
14:14 / 31.10.2025
Android iPhone’dan xavfsizroq chiqdi - Google yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi
11:50 / 03.09.2025
AQSh sudi Googleʼga Chrome va Android'ni sotmaslikka ruxsat berdi
23:10 / 26.08.2025