Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovaning Moskvadagi elchixonasi xodimlari non grata personalari deb e'lon qilindi
Moldovadan 5 nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishiga javoban Moldovaning Rossiyadagi elchixonasining 5 nafar xodimiga Rossiyani uch kun ichida tark etishga ko‘rsatma berildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Moldovaning Rossiyadagi elchixonasining maslahatchi-elchisi Nikolay Miynya Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, unga nota topshirilgan. Notada Kishinyovning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishiga javoban 5 nafar moldovalik diplomat non-grata personasi deb e'lon qilingani va ularga Rossiyani 3 kun ichida tark etishlariga ko‘rsatma berilgani ko‘rsatilgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida Moskva "Kishinyov o‘zining Rossiyaga nisbatan nodo‘stona harakatlariga javoban chora ko‘rilishi va Moldova tomonining qadami destruktiv xarakterdaligini anglashiga umid qilindi".
29 may uni Moldova tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Kishinyovdagi 5 nafar diplomati mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma'lum qilgan. O‘z navbatida Moldova prezidenti Igor Dodon hukumatning bu qarorini qoralab, u davlat rahbarining Rossiya bilan munosabatlarni tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlariga qarshi qaratilganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026