Obameyang «PSJ»ga o‘tmoqda
«Borussiya» Dortmund hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda Yahoo! Sport France nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, «PSJ» «Borussiya» bilan gabonlik futbolchi transferi borasida kelishuvga erishgan. Hozir hal bo‘lmagan yagona masala bu Obameyangning shaxsiy shartnoma borasida ba'zi jihatlar bo‘lib qolmoqda. Shartnomaning asosiy shartlari ham aniq bo‘lib ulgurgan.
Futbolchining transferi 70 million yevroga baholanmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Fransiya klubi tarixidagi rekord transferga aylanadi. Hozircha Anxel Di Mariya va Edinson Kavani transferlari (63 mln. yevro) jamoa uchun rekord bo‘lib qolmoqda.
Obameyangning «PSJ»dagi yillik maoshi miqdori 10 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma imzolash uchun futbolchiga to‘lanadigan bonusi miqdori 6 million yevroga teng bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Obameyangning o‘zi «Borussiya» rahbariyatiga jamoani tark etish niyati borligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
23:48 / 10.05.2024
«7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak». Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
16:27 / 15.03.2024
YeChL chorakfinal va yarimfinaliga qur’a tashlandi
19:44 / 04.02.2024