Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV kirish vizalarini berish tartibini osonlashtirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xorijiy yirik va ishonchli sarmoyadorlar, yuqori malakali mutaxassislar uchun kirish vizalarini berish jarayonini soddalashtirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda tashqi siyosat idorasi rahbari Abdulaziz Komilov ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonga ish bilan keluvchi 13 davlat fuqarolariga nisbatan vizalar berishning yengillashtirilgan tartibi amal qilmoqda.
Bu davlatlar orasida - Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Fransiya, Chexiya, Shveytsariya va Yaponiya bor.
Komilovning ta'kidlashicha, Turkiya va Xitoydan bo‘lgan tadbirkorlarga soddalashtirilgan tartibda ko‘p martalik vizalarni rasmiylashtirish imkoniyati ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
13:16 / 06.01.2026