Sport | 17:56 / 31.05.2017
4879
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA YeChLda o‘zgarishlar bo‘lishi haqidagi xabarni rad etdi

UYeFA Yevropa chempionlar ligasining pley-off bosqichi uchrashuvlarini dam olish kunlariga ko‘chirish niyatida yurgani haqidagi xabarlarni inkor etib chiqdi. Bu haqda TASS xabar tarqatdi.

«UYeFA Yevropa chempionlar ligasining chorak va yarim final uchrashuvlarini dam olish kunlariga ko‘chirish haqida o‘ylamayapti. Faqatgina final dam olish kunlari bo‘lib o‘tmoqda va bundan keyin ham shunday qoladi», – deyiladi tashkilot bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, France Football 2021 yildan boshlab Yevropa chempionlar ligasining chorak va yarim final uchrashuvlari shanba va yakshanba kuniga ko‘chirilishi haqida xabar tarqatgandi.

Ma'lumot uchun, 2009/10 yilgi mavsumdan boshlab YeChL final uchrashuvlari shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilgi mavsumda «Real» va «Yuventus» ishtirok etadigan final 3 iyun kuni Kardiffdagi markaziy stadionda bo‘lib o‘tadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid