Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnam AQSh bilan 15-17 mlrd dollarlik shartnomalar imzolaydi
Xanoy ma'muriyati Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yirik tijoriy bitimlarga erishishni rejalashtirmoqda. Kelishuvlar VSRning bosh vaziri Nguyen Suan Fukning AQShga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida imzolanadi. "Biz tashrif natijasiga ko‘ra, 15-17 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanishini kutayapmiz", - deya hukumat rahbari so‘zlarini keltiradi VnExpress mahalliy yangiliklar portali.
Bosh vazirning qayd etishicha, Vetnam AQShdan yuqori texnologiyali mahsulotlar, hamda Amerika korporatsiyalari taqdim etuvchi xizmatlar importini kengaytirishni rejalashtirmoqda. "Tashrif doirasida juda ko‘plab kelishuvlarga erishiladi", - degan Nguyen Suan Fuk.
Vetnam hukumati rahbari 29-31 may kunlari AQSh prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan Qo‘shma Shtatlarda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Respublika TIV rasmiy vakili Le Txi Txu Xangning ma'lum qilishicha, muzokaralarda Xanoy va Vashington o‘rtasida "siyosiy va diplomatik ssohalar, savdo, iqtisodiyot va ta'lim" yo‘nalishlari bo‘yicha keng qamrovli masalalar muhokama etiladi.
Mavzuga oid
11:44 / 02.05.2026
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026