Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj AQSh radiosida boshlovchilik qilishga yaqin turibdi
Maxsus xizmatlarning noqonuniy uslublarini fosh qilish bilan shug‘ullanuvchi WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanjning ma'lum qilishicha, AQShdagi radiodasturga boshlovchilik qilish bo‘yicha qator takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
Assanj 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda – o‘shanda u Ekvador hukumatiga siyosiy boshpana berish haqida murojaat qilgan, bu uning WikiLeaks’dagi faoliyati tufayli Shvetsiya hukumati AQShga ekstraditsiya qilishi mumkinligi tufayli yuz berdi.
"AQShdagi bir necha radiostansiyalar menga elchixonadan turib har haftalik radiodasturga boshlovchilik qilishni taklif qilishdi. Bu yaxshi g‘oyami? Uning shakli va nomi bo‘yicha takliflar bormi?", - deya yozdi Assanj Twitter’da.
Fox News telekanali va uning sharafiga nomlangan radiodastur boshlovchisi Shon Xenniti Assanjga o‘z o‘rnini taklif qildi. "Siz meni almashtirishingiz mumkin, men 550 ta radiostansiyadan havo mavjlariga chiqaman va 14 millionga yaqin tinglovchi eshitadi", - deya yozdi Xenniti Twitter’da.
"Men bu taklifni ko‘rib chiqmoqdaman. Mening jismoniy imkoniyatlarim, bu uncha oson kechmasligini anglatadi", - deya ma'lum qildi Assanj CNN telekanaliga.
Avvalroq Shvetsiya prokuraturasi Julian Assanjga nisbatan jinsiy tajovuz va zo‘rlash ishi bo‘yicha tergov harakatlari to‘xtatilgani haqida ma'lum qilgandi. London politsiyasi esa Assanj elchixonani tark etsa, hibsga olinishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026