Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Kobuldagi elchixonasini yopdi
BAA hukumati Afg‘oniston poytaxtidagi teraktdan so‘ng o‘z elchixonasini yopdi va undagi xodimlarni Dubayga ko‘chirdi. 31 may kuni yuz bergan fojia sabab bir necha o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Pajvak agentligi.
BAA TIV mamlakatning ushbu davlatdagi elchixonasi binosi portlash sabab zarar ko‘rgani, diplomatlar va boshqa xodimlar baxtli tasodif tufayli jabrlanmaganini ma'lum qilgan.
Kobulda kuchli portlash chorshanba kuni ertalab prezidentlik saroyi va xorijiy davlatlar elchixonalari yaqinida yuz berdi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 90 kishi halok bo‘lgan, 380 nafar inson jarohatlandi. IShID terrorchilik guruhi Afg‘oniston poytaxtidagi portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Afg‘oniston maxsus xizmatlarining fikricha, Kobuldagi terakt “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, Pokiston razvedkasi ham unga aloqador bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:10
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
10:50 / 12.06.2026