Fan-texnika | 11:33 / 01.06.2017
54810
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta samolyot ilk bor angardan olib chiqildi (video)

AQShning Kaliforniya shtatidagi Moxave sahrosida dunyodagi eng katta Stratolaunch transport samolyoti ilk bor angardan olib chiqildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Stratolaunch samolyoti tarixda ilk bora yoqilg‘i quyish sinovlarini o‘tkazish uchun angardan olib chiqildi. Bu samolyot qurilishining birinchi bosqichi yakunlangani va samolyotning yer usti hamda parvoz tajribalariga o‘tilganini anglatadi», - deyiladi xabarda.

Dunyodagi eng katta samolyotning to‘laqonli ilk parvozi 2019 yilda amalga oshiriladi.

Laynerning qanotlari uzunligi 177 metrga teng, uning o‘zi har birining uzunligi 72 metr bo‘lgan ikkita fyuzelyajdan iborat. Samolyotning umumiy og‘irligi – 250 tonna. Stratolaunch Pegasus XL raketa tashuvchilarini parvozga olib chiqish maqsadida havo platformasi sifatida ishlab chiqilgan.

Mavzuga oid