O‘zbekiston | 15:36 / 01.06.2017
19920
2 daqiqa o‘qiladi

Pasportlarni hisobga olish va yo‘q qilish kim tomonidan amalga oshiriladi?

Prezidentning 30.05.2017 yildagi PF-5061-son Farmoni bilan O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilish tartibi belgilandi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi, deb yozadi Norma.uz.

Ma'lumot uchun: hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra biometrik pasportlarni yo‘q qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazida amalga oshiriladi. 

Farmon bilan shunday tartib joriy qilindiki, unga ko‘ra biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilish:

•  ularni tayyorlash chog‘ida yaroqsiz holga kelganlari va almashtirish uchun IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va TIV konsullik boshqarmasidan qaytarilganlari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazida;

•  muddati o‘tgan va haqiqiy emas deb topilganlari - IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va TIV konsullik boshqarmasida amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid