Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB shahar fuqarolariga murojaat qiladi
2017 yilning 25 may kuni noma'lum shaxs Yunusobod tumani hududida fuqaro R.X.ga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtoulovni olib qochganligi holati yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi, ya'ni (transport vositasini olib kochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ichki IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida mazkur jinoyat Mirjahon Mirsaydullayev tomonidan sodir etilganligi aniqlanib unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

2017 yilning 29 may kuni noma'lum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro Z.D.ga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina qulflanmagan holatda va kaliti o‘z joyida qolganligidan foydalanib, mazkur avtomashinani olib qochgan. Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, avtomashina topilib, mazkur jinoyatni Dmitriy Kostrov sodir etganligi aniqlangan, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

2017 yilning 31 may kuni soat 13:30da muqaddam bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan Umid Bazarov Chilonzor tumani hududida fuqaro A.ni qo‘lidagi paketini va uning ichida bo‘lgan 2 mln 800 ming so‘m naqd pullarini talonchilik yo‘li bilan egallab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda shu hududda xizmat olib borayotgan IIBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. Bazarovga nisbatan Chilonzor tumani Ichki Ishlar Boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 166-moddasi, ya'ni talonchilik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar IIBB yuqoridagi uch holatdagi ayblanuvchilardan jabr chekkanlar bo‘lsa, “102” telefon raqami yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘rab qoladi.
Mavzuga oid
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
08:28 / 11.06.2026