Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqdi
Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqqanini e'lon qildi. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“Biz Parij kelishuvidan chiqamiz. Ammo Parij kelishuviga yana qaytish uchun yoki Amerika biznesi, ishchilari, odamlari va soliq to‘lovchilari uchun adolatli shartlar bo‘lgan mutlaqo boshqa kelishuvlarga qaytish uchun muzokaralar boshlaymiz”, — dedi AQSh prezidenti.
Tramp Qo‘shma Shtatlarning keyingi harakatlari ular “adolatli kelishuv”ga erishishi bilan bog‘liqligini ta'kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida AQShni Trans-Tinch okeani sherikligi kelishuvidan olib chiqishga va'da bergandi va u bu va'dasini bajargani, endi esa AQShni Parij iqlim kelishuvidan olib chiqishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingan edi.
AQShning iqlim kelishuvidan chiqishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Mavzuga oid
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40 / 05.12.2025