Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grizmann «Atletiko»da qolishga qaror qildi
Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann Madridning «Atletiko» klubida qolishga qaror qilgan. Bu haqda ishonchli manbalariga asoslangan holda Radio Onda Cero xabar tarqatdi.
Shu vaqtgacha Grizmanni yozgi transferlardagi asosiy maqsadi hisoblab kelgan «Manchester Yunayted» ham uni xarid qilish rejasini keyinga qoldirgan.
Futbolchining o‘zi may oyida bergan intervyularidan birida mankunianliklar jamoasiga o‘tishi ehtimolini yuqori baholagandi, ko‘p o‘tmasdan u «Atletiko» rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘ragani haqida xabarlar tarqaldi.
Ammo 1 iyun kuni Sport arbitraj sudi «Atletiko»ga yozgi transferlar vaqtida yangi futbolchilarni sotib olishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmasligi ma'lum bo‘lgach, futbolchi klubda qolishga qaror qilgan.
Grizmann tvitterdagi sahifasida Chempionlar ligasining yakunlangan mavsumi 1/4 finalida «Lester»ga urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan suratni joyladi va shunday izoh qoldirdi: «Endi harqachongidan ham ortiqroq «Atletiko» bilan birgaman».
Grizmann yakunlangan mavsumda jamoasi safida jami 53 uchrashuvda maydonga tushib, 26 gol urdi.
Mavzuga oid
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
12:00 / 11.03.2026
«Atletiko» 5 ta, «Bavariya» 6 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
11:45 / 04.03.2026