Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda soxta tadbirkor olti yilga qamaldi
A'zamjon Sodiqov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘zi tashkil qilgan “Zangiota metall savdo” mas'uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini butkul izdan chiqardi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Avvaliga ba'zi korxonalar bilan metall yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Xususan, poytaxtda ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bilan shug‘ullanayotgan ikki MChJ bilan o‘zaro shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, jamiyatlarning har biri A.Sodiqov boshqarayotgan MChJ hisob raqamiga 150 million so‘mdan o‘tkazib beradi. Oldindan to‘langan pullar uchinchi tashkilot hisobvaraqlariga o‘tkazilib, ulardan turli hajmdagi metallar xarid qilinadi. Aslida bu mahsulotlar shartnoma bo‘yicha pulini oldindan to‘lab qo‘ygan MChJlarning ixtiyoriga topshirilishi kerak edi. Lekin A.Sodiqov bunday qilmadi. Mahsulotlarni turli noma'lum shaxslarga naqd pulga sotib yubordi va pullarni bankdagi hisob raqamiga topshirishni xayoliga ham keltirmay, o‘z manfaatlari yo‘lida sarflab yubordi.
Oqibatni o‘ylamagan soxta tadbirkor yana bir jinoiy reja tuzdi. A.Sodiqov davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlardan foydalangan holda “Davr bank”ning Olmazor tuman filialidan faoliyatini kengaytirish uchun 1 milliard so‘m kredit oldi. Hisob raqamiga kelib tushgan pullarni avvalgidek metall buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning hisob raqamiga o‘tkazdi. Ulardan xarid qilingan mahsulotlarni esa yana noma'lum shaxslarga naqd pulga sotib yubordi. Savdodan tushgan mablag‘lar esa uning cho‘ntagini qappaytirdi. Ustamon yigit olgan kreditini qaytarishni xayoliga ham keltirmadi.
Yillar o‘tib, jinoyat izlari yo‘qoladi, degan xayolga borgan A.Sodiqov qattiq yanglishdi. Oradan ma'lum vaqt o‘tib, buyurtmachilar hamda bank muassasasining arizalari asosida “Zangiota metall savdo” MChJda o‘tkazilgan tekshirishlarda barcha noqonuniy ishlar fosh bo‘ldi.
Sud hukmi bilan soxtakorlikni o‘ziga kasb qilgan A.Sodiqovga olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026