Ichki ishlar tizimida bir qator muhim lavozim almashtirishlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator muhim lavozim almashtirishlar amalga oshirildi. Bu haqda "Postda" nashrida ma'lum qilindi.
Quyida yangi lavozim tayinlashlar ro‘yxati keltirilgan:
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining "Postda", "Na postu" gazetalari, "Qalqon", "SHCHit" jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimiga podpolkovnik Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich;
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich;
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga podpolkovnik Turdiyev Samad Terikulovich;
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga podpolkovnik Murotaliyev Tohir Mahamadaliyevich;
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – ijtimoiy va moliyaviy ta'minot xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Kenjaboyev Valijon Aliyevich;
Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Alimov Shahzod Qo‘rqmasovich;
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Abdulhakov Yahyojon Ortiqboyevich;
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Xodimlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Davlatov Shovqiddin Mamadiyevich tayinlandilar.
Mavzuga oid
17:21 / 26.08.2023
AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi Ichki ishlar vazirligiga 50 ming dollarlik texnikalar berdi
16:19 / 28.07.2023
O‘zbekistonda yagona «112» tezkor raqami va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi
16:12 / 28.07.2023
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlaridan biri ishdan olindi
16:31 / 04.03.2023