Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda terrorizm va ekstremizm uchun qamalganlar soni keskin ko‘paygan
Qirg‘izistonda 2009 yildan beri terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar uchun qamalgan shaxslar soni 3 baravarga oshdi. Bu haqda, “Qirg‘izistonda BMT tizimi” matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, “Qamoqxonalarda zo‘ravonlikning radikallashuvini oldini olish” mavzusidagi ekspertlik muhokamasida ma'lum qilingan.
“Bugungi kunda terrorchilik va ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlarni sodir etgan 180 nafar shaxs yopiq tipdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda. Bunda ozodlikdan mahrum etilganlar sonining o‘sayotgani davlat idoralari va xalqaro institutlarning tashvishiga sabab bo‘lmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, Qirg‘iziston jinoiy-ijro tizimiga axloq tuzatish muassasalarida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha kerakli yordam ko‘rsatish maqsadida Yaponiya hukumati BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha Boshqarmasiga moliyaviy ko‘mak taqdim etdi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026