Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng uzoq ro‘za tutilayotgan davlatlar ma'lum qilindi
Britaniyaning The Independent gazetasi eng qiyin vaziyatda ro‘za tutayotgan mamlakatlar haqida ma'lumot berdi. Nashrning qayd etishicha, ayni paytda butun dunyo aholisining 22 foizi, ya'ni 1,6 milliard odam ro‘zador. Bu haqda muxlis.uz yozmoqda.
Yoz mavsumida Laplandiya, Finlandiya va Shvetsiyada doimiy quyosh charaqlab turishi kuzatiladi va bir necha soatga botadi xolos. Finlandiyaliklar ayni kez quyosh bor yo‘g‘i 55 daqiqa botishini ma'lum qilgan.
“Biz og‘izni 1:35 da yopib, kechki 12.48 da ochamiz. Demak, biz 23 soatu 5 daqiqa ro‘za tutayapmiz. Bangladeshdagi oila a'zolarimiz va do‘stlarimiz 20 soatdan ko‘proq ro‘za tutayotganimizga ishonishmayapti”, deyishdi Muhammadlar oilasi.
Shimoliy mamlakatlar musulmonlari 20 soat ro‘za tutmoqdalar. Ular bunga ko‘nikib qolganlarini ham ta'kidlashdi.
Laplandiyalik musulmonlar esa ro‘za vaqtini nisbatan yaqin Turkiyaga qarab belgilashgan.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026