Sport | 14:14 / 04.06.2017
12506
2 daqiqa o‘qiladi

«Shubha yo‘q, Ronaldu beshinchi «Oltin to‘p»ni oladi» – Peres

«Real» prezidenti Florentino Peres Chempionlar ligasi finalida «Yuventus» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Krishtianu Ronaldu navbatdagi «Oltin to‘p»ni olishi kerakligi haqida gapirdi.

«Biz juda xursandmiz, biz g‘alaba qozondik, yaxshi futbol namoyish etdik. Futbol – ajoyib sport. Endi biz navbatdagi mavsumda g‘alaba qozonib, navbatdagi rekordlarni o‘rnatishni istaymiz.

Krishtianu haqida nima deymanmi? Shubha yo‘qki, u beshinchi «Oltin to‘p»ni oladi. Men undan boshqa haqliroq futbolchini bilmayman.

Zidan haqida gapiradigan bo‘lsam, 2001 yilda u bizning jamoaga kelganida eng yaxshi futbolchi bo‘lgandi, endi u eng yaxshi murabbiy bo‘lishi kerak.

Keyingi mavsum uchun tarkibmi? Buni Zidan bilan muhokama qilishimiz kerak, u bizda orkestr dirijyori», – deya Peresning so‘zlarini keltirgan As.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid