Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada taqiqlangan kitoblardan qadimiy yunon ibodatxonasi barpo etildi
Germaniyaning Kassel shahrida argentinalik haykaltarosh Marta Minuxin turli davlatlarda turli davrlarda taqiqlangan yuzlab kitoblardan foydalanib, qadimiy yunon ibodatxonasining nusxasini barpo etdi.
Hozir Documenta zamonaviy san'at xalqaro ko‘rgazmasi o‘tayotgan Kasseldagi ibodatxona uchun kitoblar butun dunyodagi nashriyotlar va yozuvchilar tomondan jo‘natilgan.
Ibodatxona "g‘ishtlari" orasida Boris Pasternakning bir necha davlatlarda taqiqlangan "Doktor Jivago", Servantesning " Don Kixot"i, Erix-Mariya Remarkning "G‘arbiy frontda o‘zgarishlarsiz", Fransa Kafkaning "O‘zgarish" asarlari bor.

Bu kitoblardan Qadimgi Afinadagi Parfenon ibodatxonasining kichraytirilgan nusxasining ustunlari, devorlari va poli barpo etildi. Obektga maxsus yoritgichlar o‘rnatilgan bo‘lib, g‘oyaga ko‘ra, ular antiqa inshootni har tun yoritib turadi.



Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026