Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London meri matbuot xizmatida Trampning tanqidiga javob berildi
Foto: AFP
London meri Sodiq Xon matbuot kotibi AQSh prezidenti Donald Trampning Xon nomiga bildirilgan tanqidiy tvitiga javob berdi. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda.
"Merning Donald Tramp xabariga munosabat bildirishdan muhimroq ishlari bor. U merning gaplarini noto‘g‘ri talqin qilgan", deyildi xabarda.
Matbuot kotibining aytishicha, Xon odamlarni ko‘chada qurollangan politsiyani ko‘rsalar, xavotirlanmaslikka chaqirgandi.
Tramp Sodiq Xonni Londondagi teraktdan keyin odamlarni xavotirlanmaslikka chaqirig‘i uchun tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
13:30 / 16.08.2024
London meri o‘ng guruhlar zo‘ravonligi fonida ogohlikka chaqirdi
21:20 / 04.05.2024
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
09:03 / 09.05.2021