Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi joriy may oyi 21-asrdagi eng sovug‘i bo‘ldi
Moskvadagi joriy may oyi 21-asrdagi eng sovug‘i bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Gidrometsentrida ma'lum qilindi.
"Moskvada may oyi 21-asrdagi eng sovug‘i bo‘ldi, harorat (10,9 gradus) me'yordagidan 2,2 gradusga past bo‘lgan", deb ta'kidlandi meteoxizmatda. May oyida Moskvaga 84 mm lik yog‘ingarchilik tushdi, bu esa me'yordagidan 164 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. Umuman olganda, Moskvada bahor fasli iliq mart oyi hisobiga me'yorga yaqin bo‘ldi.
Yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha 2017 yilgi bahor Moskvada eng sernami bo‘ldi, bahorning 3 oyida ham yog‘ingarchilik me'yordan ko‘p bo‘ldi. Umuman Rossiya bo‘yicha bahorda o‘rtacha harorat eng yuqori ko‘rsatkichlarning birinchi pog‘onasini egalladi. U bu borada 2014 yil bahoridagi ko‘rsatkichni qaytardi.
Joriy yildagi noodatiy iliq mart Rossiyaning Yevropa qismida salqin aprel bilan, so‘ngra sovuq may bilan almashdi. Uralda butun bahor juda iliq bo‘ldi, o‘rtacha harorat bu yerda 4-6 gradusga yetgan.
Uzoq Sharq shimolida o‘tgan bahor uning tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi, janubi va Sibirda esa eng iliq haroratlar uchtaligiga kirdi.
O‘tgan baho Xitoy, O‘rta Sharq, G‘arbiy Yevropa, Afrika shimoli-g‘arbida, AQSh janubi-g‘arbida va Meksika shimolida ham noodatiy iliq bo‘ldi. Bu hududlarda havo harorati me'yordagidan 2 gradusga va undan ko‘proqqa iliqroq bo‘ldi. Shimoliy yarimsharda bahordagi o‘rtacha harorat faqatgina 2016 yilgi ko‘rsatkichdan pastroq bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026