Sport | 18:50 / 05.06.2017
9709
1 daqiqa o‘qiladi

«Neftchi» Vadim Abramovni klubning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirdi

Farg‘onaning «Neftchi» PFK murabbiylar shtabida bir qator o‘zgarishlar yuzaga keldi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, ko‘p yillar Toshkentning «Neftchi» klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Vadim Karlenovich Abramov jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bugun 54 yoshli mutaxassis klub qarorgohiga tashrif buyurdi va jamoa bilan rasman shartnoma imzoladi.

U bu jamoada Murod Ismoilov o‘rnida vaqtinchalikka tayinlangan Andrey Fyodorov o‘rnida ishlaydi.

Abramov «Neftchi»ga Tohir Kapadze klub vitse-prezidenti etib tayinlanidan so‘ng tashrif buyurdi. Vadim Abramov O‘zbekiston milliy va olimpiya termalariga ustozlik qilganida Tohir Kapadze unga yordamchi bo‘lgan.

«Neftchi» O‘zbekiston Oliy ligasidagi 16 ta klub orasida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid