Nobiometrik shakldagi pasportning amal qilish muddati qachongacha?
Toshkent IIBBning xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolarning nobiometrik shakldagi pasportini amal qilish muddati 2018 yilning 1 iyul kuniga qadar belgilangan.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 14 dekabridagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta'minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori talablariga muvofiq belgilangan.
“Fuqarolarning ortiqcha sarson bo‘lishlarini hamda ularni qonunchilikda belgilangan ma'muriy javobgarlikka tortilishlarini oldini olish maqsadida, pasport olish yoshiga yetgan va O‘zbekiston Respublikasining nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo‘lgan fuqarolardan hududiy IIBlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida tashkil etilgan “Ma'lumotlarni yig‘ish punkt”lariga tizimli ravishda tashrif buyurishlari tavsiya etiladi”, - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024
Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
11:29 / 13.07.2024