Sport | 09:59 / 05.06.2017
6884
2 daqiqa o‘qiladi

Segundadan La-ligaga chiqqan yana bir jamoa nomi ma'lum bo‘ldi

Ispaniyaning «Jirona» jamoasi kelgusi mavsumda La-ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatgan.

4 iyun kuni jamoa Ispaniya quyi divizioni sanalgan Segundaning 41-turida «Saragosa» bilan durang (0:0) o‘ynadi va 70 ochko to‘plagan holda, chempionat tugashiga bir tur qolganda klegusi mavsum La-ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu 89 yillik tarixga ega jamoaning ilk marta La-ligada ishtirok etishi bo‘ladi.

Oldinroq, «Levante» chempionatni birinchi o‘rinda yakunlashi aniq bo‘lib, La-liga yo‘llanmsini qo‘lga kiritgandi. Bu jamoa 84 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

O‘z vaqtida Ispaniyaning yetakchi jamoalari safiga kirgan «Malorka» esa «Mirandes» bilan durang (2:2) o‘ynadi va so‘nggi tur oldidan 22 jamoa ichida 44 ochko bilan 20-o‘rinni band etdi. Natijada jamoa 1980 yildan buyon ilk marta Segunda Bga tushib ketadigan bo‘ldi.

Shuningdek ikki mavsum ilgari La-ligada ishtirok etgan «Elche» ham 21-o‘rinni egallagan holda kelgusi mavsumni nufuzi bo‘yicha 3-divizionda boshlaydigan bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid