Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» Valensiyadagi gollarga boy o‘yinda Vinisiusning dubli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Ispaniya chempionatining 2-turida «Real» Valensiyada «Levante» mehmoni bo‘lib, jangovar durang qayd etdi. Mezbonlardan Roxer, Kampanya va Per, madridliklardan Beyl va Vinisius (2ta) to‘p kiritishdi. Braziliyalik futbolchi zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
«Real» 4 ochko bilan 2-o‘ringa, «Levante» 2 ochko bilan 8-pog‘onaga ko‘tarildi.
La Liga. 2-tur
Levante — Real 3:3
22 avgust, «Syudad de Valensiya»
Gollar: Roxer (46), Kampanya (57), Per (79) — Beyl (5), Vinisius (73, 85).
Levante – Fernandes, Miramon, Vezu (Kardenas, 90), Rober, Klerk, Kampanya (Bardi, 78), Radoya, Melero (Martines, 66), Morales (Kantero, 79), Roxer Marti (Malsa, 67), De Frutos (Enrik Frankesa, 86).
Real – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Isko (Asensio, 59), Kazemiro, Valverde (Yovich, 82), Vaskes (Karvaxal, 65), Benzema, Beyl (Rodrigo, 59), Azar (Vinisius, 59).
Ogohlantirishlar: Klerk (28), Melero (41), Kampanya (58), Militao (58), Rodrigo (90+2).
Chetlatish: Fernandes (87).