Oktyabr oyida ham Kataloniya poytaxtida «Jirona»ning «Santyago Bernabeu»da erişgan durangi (1:1) tantana qilingandi. Öşanda bu natija Kataloniyaning asosiy jamoasining bölajak çempionligi uçun qöşgan hissasi sifatida qabul qilingandi. Yarim yil ötib yana şu «Jirona» «Real»ni kamsitgan holda barça kataloniyaliklarni xuşnud etdi, oq-qizillar jamoasi hujumçisi Valentin Kastelyanos haqida esa seşanba oqşomida butun Yevropa gapira boşladi.
Jahonning eng yaxşi jamoasi darvozasiga tört gol — ulkan hodisadir. Bu Robert Levandovskining roppa-rosa ön yil muqaddam, 2013 yil 24 aprelida Çempionlar ligasi yarimfinalida madridliklar darvozasiga yöllagan pokeridan qolişmaydigan hodisa.
2006 yil fevralida ham Diyego Milito şunday porloq keçani ötkazgandi. Öşanda «Saragosa» Ispaniya Kubogi yarimfinalida «Real» mudofaasini çilparçin qilgandi (6:1). Bu safargi öyin ikki jamoa uçun ham turnir nuqtayi nazaridan u qadar ahamiyatli emasdi. Ammo bunday öyinlar tarixda yuzlab bölgan, «Real»ga esa har öyinda ham tört gol urilavermaydi.
Gap şu kuni darvozada soğligidagi muammo yuzaga kelgan Tibo Kurtua turmaganida ham emas. Darvoza böş emasdi, ukrainalik Lunin esa bu mavsumda birinçi bor asosiy tarkibda tuşmayotgandi va u ötkazgan öyinlar orasida kuzgi klasiko ham. Öşanda u «Barsa»ga qarşi öyinda birgina gol ötkazgan, jamoa işonçli ğalabaga erişgandi (3:1), bu öyinda esa örtamiyona darajadagi raqib tört gol urişga erişdi. La ligada madridliklar 76 yildan buyon bunday holatga tuşmagandi.
Umrga tatigulik öyin
Mavsum yakuniga sakkiz tur qolganida La Ligada çempionlik intrigasi uzil-kesil barham topdi. «Barselona» «Real»dan 11 oçkoga özib ketgandi, ammo bu öyindan keyin farq 14 oçkoga yetdi. «Real» jiddiy qarşilik körsatişi kutilmagan «Jirona»dan 4 gol ötkazdi – barça gollar şu vaqtgaça deyarli heç kim tanimagan argentinalik forvard tomonidan urildi.
Birinçi bölimda «Jirona» «Real»ga nisbatan yaxşiroq öynadi deyiş qiyin, ammo vaziyatlardan unumli foydalanib, ikki gol urdi. 12-daqiqadayoq maydon egalari muvaffaqiyatli hujum uyuştirdi, uning yakunida Valentin Kastelyanos Migel Guterresning uzatmasidan keyin boşi bilan darvozani işğol etdi – 1:0. «Real»da birinçi daqiqadayoq yaxşi vaziyat yuzaga kelgandi, ammo Rodrigo yaqin masofadan turib töpni darvoza töriga kirita olmadi.
24-daqiqaga kelib Kastelyanos dublni nişonladi: forvard Eder Militaodan qoçib ketdi va töpni Andrey Luninning oyoqlari orasidan ötkazdi.





















