Jamiyat | 14:36 / 06.06.2017
6463
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada mingdan ziyod kishi issiq urishi natijasida shifoxonaga tushdi

29 may - 4iyun oralig‘ida mingdan ziyod kishi og‘ir issiq urishi belgilari bilan Yaponiya shifoxonalariga yetkazildi. Bu o‘tgan haftaga nisbatan 1,5 barobar ko‘p, demakdir. Mamlakatda tez yordam funksiyasini ham bajaruvchi yong‘in bosh boshqarmasi ma'lumotiga asoslangan TASS agentligi shu haqida xabar berdi. 

O‘tgan hafta Yaponiya hududining katta qismida juda issiq havo kuzatildi, ko‘p joylarda harorat Tselsiy bo‘yicha 30 darajadan ortiqni tashkil qildi. Natijada shifoxonaga yetkazilganlarning 20 nafarga yaqini 3 haftadan ortiq muddatga joylandi. Eng ko‘p jabrlanganlar - Tokioda. May oyida esa issiqlik zarbalari natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.  

O‘tgan yili Yaponiyada haddan tashqari issiq harorat tufayli 100 dan ziyod kishi halok bo‘lgan. Tez yordam xizmati aholini issiqlik urishi tahdidiga jiddiy munosabatda bo‘lishga, ko‘proq soya-salqin joylarda bo‘lib, muntazam ravishda suv ichib turishga chaqirmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid