Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azarning oyog‘i operatsiya qilindi, u ancha muddatga safdan chiqdi
Belgiya terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan «Chelsi» futbolchisi Eden Azar tizzasidan operatsiya qilindi va taxminan 3 oydan keyin safga qaytadi. Bu haqda londonliklar klubi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
«Operatsiya yaxshi o‘tdi. Hozir reabilitatsiya jarayoni boshlandi. Yanada kuchliroq bo‘lib qaytish uchun tiklanishni boshladim. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!», — deya yozgan Azar tvitterida va o‘z suratini tvitga ilova qilgan.

Azar 5 iyun kungi mashg‘ulotlar chog‘ida to‘piq suyagini sindirib olgandi. Avvaliga u jarohat tufayli 6-8 haftani o‘tkazib yuborishi aytilgandi.
Mavzuga oid
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026
«Siti» Madridda 3 ta, «Chelsi» Parijda 5 ta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026