Jamiyat | 20:28 / 06.06.2017
18677
1 daqiqa o‘qiladi
O‘smirlarga semizlikning oldini olish borasida tavsiyalar berildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘smirlarda semizlik rivojlanishining oldini olish uchun yetarlicha uxlashni tavsiya qildi. Bu haqida JSSTning yuqumsiz kasalliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa idorasi rahbari Joao Breda ma'lum qildi.
"Uyqu soatlarining kam bo‘lishi va semizlikning rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik bor. Bolalar yetarlicha uxlashlari kerakligiga shubha yo‘q, bu semizlik profilaktikasi uchun juda muhimdir", - deya ta'kidladi Breda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlar uchun eng maqbul uyqu 9 va undan ko‘proq soatdan iboratdir.
Mavzuga oid
15:39 / 26.09.2024
JSST: dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram
22:44 / 25.09.2024
Olimlar tezkor uyquni yaxshilaydigan asosiy retseptorni aniqladi
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:54 / 18.09.2024