Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev Italiya elchisini qabul qildi
Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertotstsi bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma'lum qildi.
Italiya elchisi tashqi siyosiy faoliyatni amalga oshirish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish, turizmni rivojlantirishda mamlakat parlamentining roli oshganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi parlamentlararo o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro qiziqish uyg‘otgan xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.
Mavzuga oid
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
12:22 / 28.08.2024