Tuxumning yangi foydali xususiyati ma'lum qilindi
Amerikalik tibbiyotchilar tovuq tuxumlarining yangi foydali xususiyatini aniqlashdi – ularni iste'mol qilish kichik yoshdagi bolalarning o‘sishiga yordam beradi va ularda rivojlanishdagi nuqsonlar ehtimolini pasaytiradi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Pediatrics jurnalida e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Sent-Luisdagi Vashington Universiteti (AQSh, Missuri shtati).
Olimlarning baholashicha, tuxumni iste'mol qilganda organizm rivojlanishi 1,47 barobarga yaxshilanadi.
Mualliflar bunday xulosalarga maxsus tadqiqotni o‘tkazib kelishdi. Unda olti-to‘qqiz oylik yoshda bo‘lgan ekvadorlik bolalar qatnashdi, ular olti oy davomida kuniga bittadan tuxum yeyishgan. Shuningdek, ularning ratsionida shirinlashtirilgan ichimliklarni iste'mol qilish ham pasaydi. Mutaxassislar olingan ma'lumotlarni boshqa nazorat guruhi bilan taqqoslashdi, u yerdagilar tuxumni kamroq, shirin ichimliklarni esa ko‘proq iste'mol qilishgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, tuxum uncha qimmat bo‘lmagan va o‘sayotgan organizmga juda foydali bo‘lgan oziq moddalari manbai sanaladi.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024