Jahon | 13:14 / 07.06.2017
3669
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Amnesty International’ning mahalliy vakolatxonasi rahbari qo‘lga olindi

Turkiya hukumati Izmir shahrida Amnesty International tashkilotining mahalliy vakolatxonasi rahbari Taner Qilich hamda 22 nafar huquqshunosni qo‘lga oldi.

Ular 2016 yildagi harbiy to‘ntarishga urinish va Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

«Ularning xalqaro tan olingan jinoyatlarga aloqadorligi bo‘yicha ishonchli va aniq dalillar yo‘qligi tufayli biz Turkiya hukumatini Taner Qilich va 22 nafar huquqshunosni darhol ozod etish, shuningdek, ulardan barcha ayblovlarni olib tashlashga chaqiramiz», - deya ma'lum qildi tashkilot bosh kotibi Salil Shetti.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bosh maslahatchisi Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid