Jahon | 23:40 / 08.06.2017
30732
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: AQShda prezidentlar o‘zgaradi, siyosat esa yo‘q

Foto: ©RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbari kim bo‘lishidan qat'iy nazar, AQSh siyosati avvalgidek qolishiga ishonchi komilligini aytdi. Putin bu fikrni amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida bildirdi. "Putin intervyusi" deb nomlangan hujjatli filmdan bir parcha AQShning Showtime telekanali tomonidan tarqatildi.

"Qizig‘i, sizning davlatingizda prezidentlar o‘zgaradi, siyosat esa yo‘q", deb aytgan Putin.
  
Stoun amerikalik tomoshabinlarga Putinning aytgan so‘zlarini "amerikancha dublyajsiz", aslidek yetkazmoqchi. Film 12-15 iyun kunlari Showtime telekanalida to‘liq namoyish qilinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid