Jahon | 10:20 / 09.06.2017
5887
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya parlamenti taxt merosi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Foto: RIA Novosti

Yaponiya parlamenti yuqori palatasi Xrizantema tojini hozirgi imperator Akixito tirik vaqtida taxt vorisiga berishga izn beradigan qonun loyihasini bir ovozdan qabul qildi. Ovoz berish jarayoni jonli efirda namoyish etildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

Avvalroq, qonunni quyi palatasi qabul qilgan edi. U 5ta asosi va 11ta qo‘shimcha banddan iborat bo‘lib, "imperatorning keksayib qolganligi munosabati bilan taxtni vorisga topshirish, uning xohishini xalqda tushunishlariga imkon berishi kerak". Qonunning o‘ziga xosligi shundaki, unda taxtni kelajakda ham shu tarzda vorisga topshirish holati nazarda tutilmagan. 

Taxtni merosxo‘rga berish qonun ommaga oshkor qilinganidan so‘ng 3 yil ichida amalga oshirili kerak bo‘lsa-da, unda aniq sana qayd etilmagan. Sanani belgilash qarori imperator oilasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, taxtni topshirish marosimi imperator Akixitoning taxtga o‘tirganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan 2018 yil dekabr oyida bo‘lishi ehtmol. Yaponiyada bir vaqtda ikkita yil amal qiladi. Biri Grigorian taqvimi bo‘lsa, ikinchi imperator taxtga chiqishidan boshlanadi. Shunday qilib, 2019 yil yangi imperator hukmronligi davrini boshlab beradi. 

Yangi hukmronlik shiori 2018 yil yozida e'lon qilinadi. Bu, o‘z navbatida, moliyaviy institutlar, davlat idoralari va biznes vakillariga bo‘lajak o‘zgarishlarga tayyorlanish imkonini beradi. 

Qonun, shuningdek, imperator taxtni merosxo‘rga topshirganidan so‘ng, uni qanday nomlash masalasiga ham oydinlik kiritadi. Buning uchun o‘rta asrlardagi tajriba qabul qilingan. O‘shanda, xuddi shunga o‘xshash holatda, sobiq imperator "taydzyo tenno" yoki qisqartirilgan shaklda "dzyoko" deb atalgan. Shunday qilib, amaldagi imperator Akixito taxtni topshirganidan so‘ng "dzyoko" deb ataladi.

Mavzuga oid