Jamiyat | 19:40 / 09.06.2017
6784
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada buqa 6 kishini yaraladi

Foto: DR FYN)

Daniyaning Odense shahrida ko‘rgazmadan qochib ketgan buqa 6 kishini yaraladi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar bermoqda

Jarohatlanganlar  orasida 4 bola bor. Mahalliy huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, buqa 11 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan 4 qiz, 50 yoshli ayol va 58 yoshli erkakka jarohat yetkazgan.  

Bolalardan ikki nafari shifoxonaga yetkazilgan. Buqa tez orada tutilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid