Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliver Stoun Putin roliga munosib aktyorlar nomini ma'lum qildi
Foto: nypost.com
Amerikalik rejissyor Oliver Stoun qaysi aktyorlar badiiy filmda Rossiya prezidenti Vladimir Putin rolini qoyilmaqom ijro etishi mumkinligi haqida ma'lum qildi. New York Post nashri shu haqda xabar berdi.
"Bir qarashda, Jyeremi Renner unga o‘xshab ketadi", - deydi Stoun. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin juda aqlli va u Rennerning bu borada qanday ekanini yaxshi bilmaydi. "Leonardo Di Kaprio Putin roliga mos keladi va shu bilan birga u Lenin rolini ham ijro eta oladi", - deydi rejissyor.
Dushanbadan boshlab AQShning Showtime kabel televideniyesi orqali Stounning "Putin bilan intervyu" hujjatli filmi efirga uzatilmoqda. Rejissyor bu film ustida ikki yil ishlagan.
Rossiyaning "Pervyy kanal"i lentani namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritganini tasdiqladi, biroq uning efirga chiqish vaqtini hozircha ma'lum qilmadi.
Stoun intervyu vaqtida Putinga kutilmagan savollar bilan murojaat qilgani va uning qanday iroda sohibi ekanini sinaganini ta'kidladi.
"U menga juda yaxshi uxlashini aytdi. Agar uning o‘rnida bo‘lganimda allaqachon asabim tamom bo‘lgan bo‘lardi. Aftidan, dzyudo yordam bersa kerak", - dedi rejissyor.
Stoun Rossiya prezidentini kamtar inson sifatida ta'riflagan. "U o‘z mashinasida harakatlanadi va shaxmat o‘yinchisi kabi fikrlaydi", - deydi rejissyor.
Shuningdek Stounning fikricha, Putin uni eshitishlarini istagani uchun ham intervyu bergan.
Mavzuga oid
15:23 / 20.03.2026
Putinni tanqid qilgan Z-bloger ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:02 / 10.03.2026
Putin Yevropaga Rossiyadan yana neft va gaz sotib olishni taklif qildi
08:50 / 10.03.2026