Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida 38 kishi jangarilar hujumi qurboniga aylandi
Foto: Garowe Online
Somalida "Harakat ash-Shabob" qurollangan guruhi jangarilari hujumi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RBK nashri.
Jangarilarning Somalidagi Puntlend yarim muxtor viloyatidagi shaharga hujum qilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 38 nafarga yetdi. Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
"Biz 38 kishi, asosan askarlar halok bo‘lganini va yana 18 kishi yaralanganini tasdiqlay olamiz. Fikrimcha, ulardan ba'zilari qo‘lga olinib, olib ketilgan", deb aytdi Puntlend harbiy zobiti mayor Muhammad Abdiy.
Bundan tashqari, harbiyning aytishicha, jangarilar tomondan mahalliy harbiylarga pistirma uyushtirilgan.
"Ash-Shabob"ning ko‘p sondagi qurollangan jangarilari bizga har tomondan hujum qildi va bir necha soatlik qaqshatqich jangdan keyin men jangarilarni ta'qib qilgani otlanganlardan biri bo‘ldim", deb aytdi mayor.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
14:56 / 27.11.2025
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
16:24 / 06.02.2025