Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent otliq bo‘linmalari yil oxirigacha faoliyatini boshlaydi
O‘zbekiston IIV Toshkentda tashkil etiladigan otliq bo‘linmalariga Rossiyadan Orlov zotli otlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB post-patrul xizmati brigada boshlig‘i o‘rinbosari Murodilla Aliqoriyev shu haqda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari yaqin orada Rossiyaga boradi va u yerda otlarni xarid qilish muzokaralarini olib borish barobarida Yevropa mintaqasidagi eng yirik otliq bo‘linma faoliyati bilan tanishib keladi.
"Barcha maxsus jihozlar Rossiya hamda boshqa xorijiy mamlakatlardan xarid qilinadi. Xizmat boshlanishining dastlabki bosqichida rossiyalik mutaxassislarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Otliq bo‘linmalar yil oxirigacha shaharning markazi ko‘chalarida patrullik qilishini rejalashtirayapmiz", — deya qayd etdi IIBB vakili matbuot brifingida.
Otliq bo‘linma Toshkent ippodromi hududida joylashadi. Otliq bo‘linmada 50 ta ot bo‘ladi. Xodimlar bir juft bo‘lgan holda xizmat vazifasini o‘tashadi. Shuningdek, ular ommaviy tadbirlar chog‘ida jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
08:28 / 11.06.2026
Pora talab qilgan profilaktika inspektorlari qo‘lga olindi
22:12 / 06.06.2026