Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanxay aeroportlarida 300dan ortiq reys bekor qilindi
Xitoyning Shanxay shahri ikkita aeroportida bekor qilingan aviaparvozlar soni 319tagacha yetdi. Bunga o‘ta kuchli surunkali yomg‘irlar sabab bo‘ldi. Bunga ichki va xalqaro yo‘nalishlaridagi parvozlar singari, uchish hamda qo‘nish sonlari kiritilgan. "Shanxay aeroporti" korporatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, yana 133 reys vaqtincha ortga surilgan.
Xususan, Xuntsyao aeroportida 81 uchish bekor qilingan bo‘lsa, yana 37tasi 2 soatdan 4 soatgacha ortga surildi. Umuman, 30ga yaqin reys 4 soatlik farq bilan ortga surilgan. Bundan tashqari, ushbu aeroportga 69 reys qo‘nishi bekor qilingan. Pudun xalqaro aeroportida 89 reys parvozi bekor qilingan. 25 tasi ortga surilgan. 80 reys qo‘nishi bekor qilingan.
Kuchli yomg‘irlar tufayli, Shanxayda xavfning zarg‘aldoq darajasi e'lon qilingan. Mahalliy OAVga ko‘ra, shaharning ikki aeroporti o‘tkazuvchanligi 50 foizga qisqarishi mumkin.
Mavzuga oid
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026