Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chitada pochtachi manzil bo‘yicha yetkazmagan tonnalab maktublar topildi
Rossiyaning Chita shahrida politsiyachilar pochta xodimi singlisi uyini tintuv qilish vaqtida manzil bo‘yicha yetkazilmagan 2 tonna maktubni aniqlashdi. Bu haqda Baykalorti o‘lkasi ichki ishlar boshqarmasi ma'lum qildi.
"Chitada jinoiy ish bo‘yicha gumonlanuvchi uyi tintuv qilinganda politsiyachilar manzil bo‘yicha yetkazilmagan 2 tonna maktubni aniqlashdi", deb ma'lum qilingan xabarda.
Ta'kidlanishicha, tintuv o‘tkazilgan uy egasining singlisi pochta bo‘limida ishlaydi. Tergov nima uchun pochtachi maktublarni, jumladan sud yozishmalarini manzil bo‘yicha yetkazish o‘rniga singlisinikida saqlaganini aniqlashtirmoqda.
Ushbu holat yuzasidan ma'muriy ish ochilgan. Materiallar sud ijrochilari xizmatiga jo‘natilgan.
Mavzuga oid
09:49 / 05.02.2026
Chitada IESdagi avariya sabab qisman blekaut yuz berdi
20:56 / 26.09.2025
O‘g‘il aviahalokatga uchragan onasining xatini 24 yildan keyin oldi
16:07 / 27.04.2025
«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi
22:19 / 09.11.2024