Mahalliy OAV xabar berişiça, payşanbaga ötar keçasi — 5 fevralda Çitaning katta qismi IESdagi avariya oqibatida elektr energiyasisiz qolgan. Chita.ru onlayn-naşri yozişiça, şaharning bir neçta tumanlari, jumladan: Ostrov, Severniy, Tsarskiy, Oktyabrskiy, Ugdan, MJK hududi, Biofabrika, şuningdek markazdagi ayrim köçalarda elektr öçgan.
Naşr şahar aholisiga tayanib, isitiş batareyalaridagi harorat pasaygani haqidagi xabarlarni ham keltiradi. Portal Chita IES ustida quyuq tutun kötarilayotganini aks ettirgan suratni ham e’lon qilgan.
5 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan ertalab soat 9 larda Baykalorti gubernatori Aleksandr Osipov Telegram’da Çitadagi IES-1da avariyadan keyin “energiya ta’minoti bir neça soat içida tiklanganini” ma’lum qildi. “Soat 4:47 da barça iste’molçilar ulandi. Barça ijtimoiy obektlar odatdagi tartibda işlayapti”, — dedi u.
Şu bilan birga, Osipov ba’zi şahar aholisi hali ham “batareyalar sovuq”ligi haqida xabar berayotganini qöşimça qildi va şunday murojaatlarning har birini “alohida tarzda işlab çiqiş”ga va’da berdi.
Bundan oldin “TGK-14”ning “Çitinskaya generatsiya” filiali direktori Andrey Çebikin Chita.ru’ga IESda avariyaviy holat yuz bergani, natijada iste’molçilarning bir qismi öçirilganini aytgan. U internetda tarqalayotgan “transformator portladi” degan ma’lumotni rad etgan. “Avariyaviy tizimlar işladi, tizim işga tuşdi”, — deb aniqlik kiritgan u.
Chita.ru tuşuntirişiça, gap podstansiyalarda yiğma şinalarning parallel işlaş rejimi haqida ketmoqda. Bu rejim elektr ta’minoti işonçliligini oşiriş uçun qöllanadi: “U iste’molçilarni öçirmasdan yuklamani köçiriş imkonini beradi, biroq qisqa tutaşuv toklarining oşişi bilan birga keçadi”.
The Moscow Times onlayn-naşri eslatişiça, Çitadagi blekaut Rossiyada kommunal avariyalar soni köpayib borayotgan bir paytda sodir bölgan. “Novaya gazeta. Yevropa” esa hisob-kitob qilib, 2025 yil dekabridan 2026 yil yanvarigaça Rossiyada kamida 2200 marta odamlarni asosiy kommunal xizmatlarsiz qoldirgan avariyalar haqida xabar qilinganini aytgan. “Yanvar oyida ular haqida kamida 1280 marta yozilgan, bu ötgan yilning yanvar oyiga nisbatan deyarli ikki baravar köp”, — deyiladi naşrda.
Mualliflar xulosasiga köra, “Rossiya böylab tarmoqlarning eskirişi örtaça 40 foizga yetgan, ayrim hududlarda esa 80 foizgaça — bu tez-tez avariyalarga olib kelmoqda. Şu bilan birga, rejalarga köra, 2028 yilga borib uy-joy kommunal xöjaligiga xarajatlar 2025 yilga nisbatan hatto 2 foizga kamayişi közda tutilgan”.












