O‘zbekiston | 18:49 / 12.06.2017
4958
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligida yuridik xizmat xodimlari amaliyot o‘tamoqda

Qonun hujjatlari talablariga ko‘ra, yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar kasbiy bilimlari, o‘quv va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda shakllantirish maqsadida ikki xaftalik muddatda adliya organlarida stajirovkadan o‘tadi. 

Kun.uz’ga ma'lum qilinishicha, Adliya vazirligida ushbu haftada davlat organi va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan “O`ZPAXTAYOG`”AJ yuridik xizmati boshlig‘i Sharipov Farxod Sameyevich hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yetakchi yuriskonsulti Isanov Ulug‘bek Xolmurodovichlar amaliyot o‘tamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid