Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku: Ozarboyjon YeI bilan viza taqdim etishni yengillashtirish bosqichida
Foto: Flickr
Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmud Mamedquliyevning bayonot berishicha, respublika Yevropa Ittifoqi bilan vizalarni soddalashtirish bosqichida turibdi. Uning fikricha, Boku va YeI o‘rtasida vizalarni to‘liq bekor qilish — "kelajak ishidir".
Avvalroq, Ozarboyjon TIV rasmiy vakili Hikmat Gajiyev RIA Novostiga ma'lum qilganidek, Respublika va YeI Boku va YeI o‘rtasidagi yangi kelishuvni muhokama qilish doirasida ko‘rib chiqishi mumkin. O‘z navbatida, YeIning Janubiy Kavkaz bo‘yicha vakili Gerbert Zalber YeI va Ozarboyjon o‘rtasidagi vizasiz bordi-keldini joriy qilish imkoni istisngo qilinmasligini bildirar ekan, bu borada aniq muddatni aytmagan edi.
"Ozarboyjon YeI bilan viza berishni soddalashtirish bosqichini boshdan kechirmoqda. Boku va YeI o‘rtasida vizalarni bekor qilishni vaqt ko‘rsatadi. Hozirda, tomonlar uchun asosiysi — strategik hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuvni hayotga tatbiq etish, ushbu kelishuvning ijobiy natijalariga erishishdir", — degan Mamedquliyev jurnalistlarga.
Ozarboyjon 2008 yildan YeIning "Sharqiy hamkorlik" dasturida ishtirok etadi. YeI Kengashi 2016 yil noyabrida Yevrokomissiya hamda YeI tashqi siyosat va xavfsizlik komissari Federika Mogeriniga tashkilot va unga a'zo mamlakatlar nomidan Ozarboyjon bilan "keng qamrovli kelishuv"ga erishishhuquqini taqdim etgan edi. Yangi bitim 1996 yilda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni almashtiradi.
Mavzuga oid
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
12:04 / 16.04.2026
Yangi biometrik chegara nazorati YeI aeroportlarida muammo chiqardi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
07:45 / 09.04.2026