Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada «Temir bo‘ri» boshlandi
Litvada NATOga a'zo davlatlarning 5 ming nafardan ortiq harbiysi ishtirokida «Temir bo‘ri-2017» harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
«Mamlakatning janubiy, markaziy va sharqiy qismlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda Litva va NATOning 9 davlatidan bo‘lgan jami 5,3 ming harbiy qatnashmoqda», — deyilgan vazirlik saytida.
Qayd etilishicha, harbiy manyovrlarda AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha va Portugaliyadan kelgan harbiylar qatnashadi.
Mashg‘ulotlardan asosiy maqsad Litvadagi harbiy bo‘linmalarning muvofiqlikda harakatlanishi va jangovar tayyorgarligini ko‘zdan kechirish hisoblanadi.
Harbiy manyovrlar 23 iyunga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
09:37 / 25.05.2026